Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashining tashkiliy konferensiyasini o‘tkazish   

TARTIBI

(tashkiliy yig‘ilishni viloyatdagi obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan hamda tumandan Respublika ta’sis konferensiyasiga ishonchli vakil etib belgilangan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ochadi.)

Raislik qiluvchi: (Tayloq tumani “Ravot” MFY raisi, Respublika ta’sis konferensiyasiga ishonchli vakil Saidmurodov Ro‘zimurod Axtamovich ochadi) 

Assalomu-alaykum, hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 
2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashining tashkiliy konferensiyasini  o‘tkazishga to‘plandik. 
Konferensiyada shahar va tumanlar kengashlarining tashkiliy konferensiyalarida saylangan 172 nafar delegatlarning ____ nafari ishtirok etmoqda. 
Delegatlarning 140 nafari mahalla raislari, maslahatchilari, mas’ul kotiblari, posbonlari; 
16 nafari shahar va tumanlar hokimlari - hududiy kengashlar raislari;
 16 nafari respublika tashkiliy  konferensiyasiga ishonchli vakil etib belgilangan  mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarini tashkil etadi. 
Shuningdek, konferensiyada Samarqand viloyati hokimi Oqbutaev Himmat Qo‘chqorovich, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Joniqulov Shavkat O‘roqovich, Moliya, Ichki ishlar, Mehnat, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarning viloyat bo‘limlari  rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Bugungi tashkiliy konferensiyada  jami 210 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Konferensiyani ochish uchun barcha asoslarimiz bor.
 “Tashkiliy konferensiya ochilsin” degan taklif tushdi. Ushbu taklifni ma’qullab ovoz berishingizni so‘rayman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat.
“Tashkiliy konferensiyani ochiq” deb, e’lon qilaman.
Bugungi tashkiliy konferensiyani olib borish uchun Hay’at a’zolarini saylab olishimiz zarur. Hay’at a’zolarining soni va tarkibi to‘g‘risida kimda qanday takliflar bor? 
Ushbu masala yuzasidan so‘z Jomboy tumani, “Qang‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Faxriddin Nazarovga beriladi. 
 “Hay’at a’zolari 7 kishidan iborat bo‘lsin” degan taklif tushmoqda. Ushbu taklifni ovozga qo‘yaman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. Ma’qullandi.
 Endi hay’at a’zolarining tarkibiga o‘tamiz.
(Ro‘yxat Faxriddin Nazarov tomonidan o‘qib beriladi).
Hay’at a’zolarining tarkibi hamda ulardan biri yig‘ilishga kotiblik qilishi bo‘yicha taklif kiritilmoqda 
Agar boshqa takliflar bo‘lmasa, tasdiqlab berishingizni so‘rayman.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. Bir ovozdan tasdiqlandi.
Hay’at a’zolarini o‘z joylarini egallashlarini so‘rayman, marhamat.
Raislik qiluvchi: (“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Shavkat Joniqulov olib boradi) 
Hurmatli konferensiya qatnashchilari! 
Konferensiya kun tartibini tasdiqlab olishimiz lozim.
Tashkiliy konferensiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilmoqda:
birinchi masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashini tuzish va a’zolarini tasdiqlash;
ikkinchi masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi Nizomini muhokama qilish;
uchinchi masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi Taftish komissiyasi raisi va a’zolarini saylash;
to‘rtinchi masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi ijro apparati tuzilmasi (strukturasi)ni tasdiqlash;
beshinchi masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashi raisi, birinchi o‘rinbosari, raisning yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash kotibini tasdiqlash;
oltinchi masala - Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi boshqaruvi tarkibini tasdiqlash.
yettinchi masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkiliy konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlar saylash;
sakkizinchi masala –shahar va tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og‘ir bo‘lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning mazmun-mohiyati to‘g‘risida.
Kun tartibini tasdiqlash uchun ovoz berishingizni so‘rayman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. 
Tashkiliy konferensiya kun tartibi bir ovozdan ma’qullandi. 
Endi, konferensiya Reglamentini belgilab olsak. 
Asosiy ma’ruzalar uchun 15-20 daqiqa.
Muzokaralar uchun 3-5 daqiqa. 
Qo‘shimcha so‘zga chiquvchilar uchun 2-3 daqiqa belgilansa va konferensiyani tanaffussiz yakunlasak, degan taklif tushdi. Ushbu takliflar bo‘yicha o‘z munosabatingizni bildirishingizni so‘rayman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. 
Taklif bir ovozdan ma’qullandi. 

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 
Kun tartibidagi masalalarning har birini ko‘rib chiqib, muhokama etishga o‘tamiz. Kimda qanday fikr-mulohaza yoki takliflar bo‘lsa, bemalol bildirishingiz mumkin. 

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!
Haqiqatdan ham Muhtaram Prezidentimizning mazkur Farmoni o‘z vaqtida qabul qilingan bo‘lib, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish bo‘yicha o‘ta dolzarb masalalarni qamrab olgan va ularning yechimlari ko‘rsatib berilgan dasturiy muhim hujjat hisoblanadi. 
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan so‘z Urgut tumani “Ukrach” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sadriddin Otamurodovga beriladi. (Kengash sonini aytadi)
Raislik qiluvchi:  Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashini  43 kishidan iborat tartibda tuzish bo‘yicha taklif tushmoqda. Ushbu taklifga munosabat bildirishingizni so‘raymiz. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. Taklif qabul qilindi. 
Endi kengash a’zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar muhokamasiga o‘tamiz. Marhamat nomzodlar bilan tanishing.
(Urgut tumani “Ukrach” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sadriddin Otamurodov kengash tarkibini o‘qib beradi.)
– Savollar bormi? Ovozga qo‘yaman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Bir ovozdan tasdiqlandi.

Yangi tuzilgan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand  viloyati kengashi a’zolarini tabriklaymiz. Ularning ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 
Kun tartibidagi 2-masala muhokamasiga o‘tamiz. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi Namunaviy nizomi loyihasi konferensiya delegatlariga tarqatilgan. Ushbu Nizom loyihasi mahalla sohasida katta amaliy tajriba va bilimga ega bo‘lgan olim va mutaxassislardan iborat tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, kengash faoliyatini tartibga solish bo‘yicha barcha huquqiy-me’yoriy masalalarni qamrab olgan. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand  viloyati  kengashi Namunaviy nizomi loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalarni umumlashtirib, respublika tashkiliy konferensiyasi muhokamasiga kiritish haqida taklif bor. Ushbu taklifga munosabat bildirishingizni so‘rayman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. 

Raislik qiluvchi: Kun tartibidagi 3-masala – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashi Taftish komissiyasi raisi va a’zolarini saylash to‘g‘risida.
Ushbu masala yuzasidan so‘z Samarqand shahar “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘affor Maxmudovga beriladi

Raislik qiluvchi: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashining
 3 kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasini tuzish taklifi kiritilmoqda. Ushbu taklifga munosabat bildirishingizni so‘raymiz.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. Taklif qabul qilindi. Endi komissiya a’zolarini saylash masalasiga o‘tamiz. Marhamat nomzodlar bilan tanishing.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Bir ovozdan ma’qullandi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashi Taftish komissiyasi raisi va a’zolarini tabriklaymiz. Ularning ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. 


Raislik qiluvchi: Kun tartibidagi 4-masala muhokamasiga o‘tamiz.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi ijro apparatining Namunaviy tuzilmasi va ijro apparati xodimlarining cheklangan soni belgilab qo‘yilgan. Ekranda namoyish qilinmoqda.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand  viloyati  kengashi ijro apparatining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash haqida taklif bor. Ushbu taklifga munosabat bildirishingizni so‘rayman.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat.
Bir ovozdan tasdiqlandi.

Raislik qiluvchi: Kun tartibidagi 5-masala muhokamasiga o‘tamiz.  
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashi raisi, raisning birinchi o‘rinbosari, raisning yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash kotibini tasdiqlash masalasi kiritilgan. 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashi raisi lavozimiga jamoatchilik asosida Samarqand viloyati hokimi Himmat Quchqorovich Oqbutaev nomzodi tavsiya etilmoqda. Ushbu taklifga munosabat bildirishingizni so‘rayman.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. Bir ovozdan ma’qullandi.
Hurmatli delegatlar! Sizning nomingizdan, viloyatimizning barcha mahallalari nomidan Muhtaram Ximmat Quchqorovichni fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi raisi lavozimiga tasdiqlanganligi bilan samimiy tabriklaymiz. Mustahkam sog‘liq-salomatlik, kelgusidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!
– Samarqand viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, bir vaqtning o‘zida “Mahalla” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati bo‘limi raisi lavozimiga ____________________ nomzodi;
- kengash raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ______________________ nomzodi,  

- diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ____________________ nomzodi;
 keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ____________________ nomzodi, 
Kengash kotibi  lavozimiga __________________________ nomzodlari tavsiya etilmoqda.
Ushbu masala yuzasidan so‘z  “Mahalla” xayriya jamoat fondi Kattaqo‘rg‘on tumani raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari  Qamariddin Ahmedovga beriladi. 
Rahmat. Hurmatli konferensiya qatnashchilari, ushbu takliflarga munosabat bildirishingizni so‘raymiz. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat.
Hurmatli _____________________ni raisning birinchi o‘rinbosari, ___________________ni yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, ____________________ni diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, __________________ni keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, __________________ni Kengash kotibi – Samarqand viloyati kengashi ijro apparatining Tashkiliy-uslubiy sho‘basi mudiri lavozimlariga tasdiqlanganligi bilan tabriklaymiz. Kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Endi 6-masala muhokamasiga o‘tamiz. Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand 
viloyati kengashi boshqaruvi tarkibini tasdiqlab olishimiz kerak.
Ushbu masala bo‘yicha so‘z Qo‘shrabot tumani “Yuqori Jo‘sh” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdualim Nosirovga beriladi.
Ovozga qo‘yaman. Kimda kim kengash boshqaruvi tarkibi 13 nafardan iborat bo‘lsin desa, ovoz berishlarini so‘rayman.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Qabul qilindi.
Endi kengash boshqaruvi a’zolariga to‘xtalamiz.
Ovozga qo‘yaman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q.
Kengash boshqaruvi tarkibi bir ovozdan tasdiqlandi. Kengash boshqaruvi a’zolarini tabriklaymiz, ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Raislik qiluvchi: Kun tartibidagi 7-masala – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining tashkiliy konferensiyasiga delegatlarni saylab olishimiz kerak. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining tashkiliy konferensiyasida ishtirok etish uchun Samarqand viloyatiga jami 28 o‘rin ajratilgan. 
Viloyat  kengashidan 2 nafar, har bir tuman va shahardan 1 nafardan  ishonchli vakillar, shuningdek, viloyatdagi 1089 ta fuqarolar yig‘inlari sonining 0,7 foizi miqdorida – 8 nafar xodimlarni delegat sifatida ko‘rsatish taklif etilmoqda. 
Taklif uchun so‘z Urgut tumani  “Yuqori Qalang‘ar” mahalla fuqarolar yig‘ini diniy ma’rifat, ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mehriya Yarbabaevaga beriladi.
Nomzodlar bo‘yicha boshqa takliflar bormi? Yo‘q.
Ovozga qo‘yaman. 
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat. 
Saylangan delegatlarni samimiy tabriklaymiz. Ular fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining tashkiliy konferensiyasida viloyatdagi barcha fuqarolar yig‘inlari nomidan munosib ishtirok etadilar deb, ishonch bildiramiz.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 8-masala shahar va tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og‘ir bo‘lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tayyorlangan va Sizlarga tarqatilgan. Kimda qanday taklif, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bor? Agar takliflar bo‘lsa, konferensiya kotibiga topshirishingizni so‘raymiz.
Tumanlar va shaharlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og‘ir bo‘lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash taklifi tushmoqda. Munosabat bildirishingizni so‘raymiz.
– Rozilar?
– Qarshilar?
– Betaraflar? Yo‘q. Rahmat
Bir ovozdan tasdiqlandi.

Endi so‘zni viloyat hokimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisi Oqbo‘taev Himmat Qo‘chqorovichga beramiz. Marhamat.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Konferensiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdik va tegishli qarorlarni qabul qildik.

Boshqa taklif yoki fikr-mulohazalar bo‘lmasa, bugungi birinchi tashkiliy konferensiya ishini yakunlasak.
Konferensiya qarori bilan tashkil etilgan  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati  kengashi va uning ijro apparati Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni astoydil va sifatli tarzda amalga oshiradilar deb, ishonch bildiramiz.
Bu borada hammangizning nomingizdan Samarqand viloyati kengashi va uning ijro apparati faoliyatiga omadlar tilab qolamiz.
Shuning bilan Samarqand viloyati kengashining birinchi tashkiliy konferensiyasini yopiq deb, e’lon qilaman.
Konferensiya ishidagi faol ishtirokingiz uchun hammaga katta rahmat, sog‘ bo‘linglar. 

E’tiboringiz uchun rahmat!

Ta’sis konferensiya
Hajmi: 112.50 КБ
Format: doc

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech