Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
 MAHALLA TINCH — YURT TINCH
23 Dec 2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholi bilan, xalq bilan uchrashuvlarda, albatta, mahalla tizimiga ham to‘xtalib o‘tadi. Bu borada olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bayon etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasida mahallaga ham e’tibor qaratdi. Men mana shu tarixiy uchrashuvda bevosita ishtirok etib, muhtaram Yurtboshimizning har bir so‘zlarini butun vujudim bilan tinglash sharafiga muyassar bo‘ldim.

Yig‘ilishda mahalla va undagi har bir xonadon tinch ekan — yurt tinch bo‘ladi, dedi davlatimiz rahbari. Darhaqiqat, inson qalbida mudom bir tuyg‘u jo‘sh uradi: bu — ona Vatanga muhabbat, kindikqoni tomgan yurtga sadoqat, elga xizmat. Eng muhimi, o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan kishi borki, oilasining, mahallasining, yurtining tinchligini ta’minlashni o‘zining asosiy maqsadi, deb biladi.

Qo‘lga kiritayotgan har bir yutug‘imiz zamirida, albatta, tinchlik-osoyishtalik mujassam. Buni anglab yetish uchun dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga, ayrim davlatlarda kuzatilayotgan janjalu to‘palonlarga, qonli to‘qnashuvlarga teran nazar lozim. Bu voqea-hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak.

Shukrki, bizning mahallamizda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida umuman jinoyat sodir etilmadi. Bunga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q, albatta.

Bizning “Shahrixonsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida so‘nggi yillarda har sohada katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Avvalo, aholini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish sub’ektlari sonining ko‘payayotgani tadbirkorlik yo‘nalishidagi rivojlanishlarning muhim omili bo‘layotir.

Bugungi kunda ayollar tashabbusi va tadbirkorligidan nafaqat yig‘inimiz xotin-qizlari, balki qo‘shni mahallalar ayollari ham unumli foydalanib kelmoqdalar. Misol uchun, o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan Muyassarxon Jalolova 8 nafar qizni ish bilan ta’minlab, ularning ro‘zg‘orlariga qut-baraka inishiga sababchi bo‘ldi. Shuningdek, Dilnozaxon Sayidaliyeva qo‘l ostida ayni paytda 10 nafardan ziyod qiz-juvon tikuvchilik sir-asrorlarini puxta o‘rganmoqda. Ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashgan «Xo‘jaobod oltin ipagi» fermer xo‘jaligida 30 nafardan ziyod xotin-qiz mehnat bilan band.

Prezidentimiz nutqidagi ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar, yosh avlod tarbiyasi, bu borada aholi turli qatlamlarining faol ishtiroki xususida ham atroflicha fikr yuritildi. Yurtboshimiz turmush farovonligi masalasi endilikda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib borayotganini, elimiz hayot darajasi va sifatini yanada yuksaltirishni alohida ta’kidladi.

Prezidentimizning bugungi uchrashuvdagi ma’ruzasining mazmun-mohiyatini, ahamiyatini mahallamiza aholisiga tushuntirib beraman. Faoliyatimizni ma’ruzadan kelib chiqib, qaytadan tahliliy ko‘rib chiqamiz. Biz mahalla faollari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan bugungi kunda mahallamiz obodligi, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, turmushimiz farovonligi yo‘lida bor bilim va malakamiz, kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.

Tojibarxon YO’ldosheva,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi,

Xo‘jaobod tumanidagi “Shahrixonsoy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi,

“El-yurt hurmati” ordeni sohibasi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 108

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech